Qisqa va aniq

Savol va javoblar

Agar javob shu yerda boʻlmasa — kiyib koʻrish paytida yoki telefon orqali soʻrang, ochiq javob beramiz.

Ijara qancha turadi?

Narx har bir model kartochkasida koʻrsatilgan — modelga qarab 100 000 dan 600 000 soʻmgacha. Narxga uch kunlik ijara kiradi.

Kostyum necha kunga beriladi?

Asosiy muddat — uch kun: tadbirdan oldingi kun, tadbir kuni va qaytarish kuni. Muddatni uzaytirish oʻlchov paytida muhokama qilinadi.

Oʻlchov uchun oldindan yozilish kerakmi?

Ha. Biz oldindan yozilish asosida ishlaymiz: shunda siz bilan alohida maslahatchi shugʻullanadi va kerakli oʻlchamlar siz kelguningizga tayyor boʻladi.

Tadbirdan qancha vaqt oldin kelish kerak?

Eng maʼqul vaqt — ikki hafta oldin. Bu tanlash va figura boʻyicha moslashga yetadi. Toʻy mavsumida — uch-toʻrt hafta oldin.

Kostyum figura boʻyicha moslashtiriladimi?

Ha. Shim uzunligi narxga kiritilgan. Qolgan ishlar — yeng, yon choklar, buyum uzunligi — oʻlchov paytida muhokama qilinadi.

Toʻplamga nima kiradi?

Toʻliq obraz beriladi: kastyum, shim, koʻylak, tufli, remen, soat, galstuk va babichka. Aksessuarlar kostyumga bonus tariqasida beriladi — ular uchun alohida toʻlov yoʻq. Modelning aniq tarkibi kartochkada koʻrsatilgan.

Garov kerakmi?

Garov olinmaydi. Rasmiylashtirish tartibi oʻlchov paytida tushuntiriladi.

Oʻgʻil bolalar uchun kostyumlar bormi?

Yoʻq, hozircha faqat kattalar oʻlchamlari — 46–62. Bitiruv kechasi uchun esa guruh yigʻamiz: sinfga 10–15 ta bir xil kastyum, fotosessiya va tantana uchun.

Savollaringiz qoldimi?

Joyida hal qilish osonroq: kiyib koʻrish taxminan yarim soat vaqt oladi.